Mazmunga o‘tish
← Barcha maqolalar
7 o'qish daqiqasi

Google reklama: qanday ishga tushiriladi va byudjetni qanday saqlab qolish mumkin

Google reklama xizmatingizni ayni damda qidirayotgan odamlarga ko'rsatiladi. Bu eng «issiq» trafik — to'g'ri sozlansa.

Google reklama targetdan nimasi bilan farq qiladi

Target odamlarni qiziqishlar bo'yicha topadi, Google esa so'rovga javob beradi: odam o'zi «konditsioner ta'miri toshkent» deb yozdi va sizni birinchi ko'radi. Shuning uchun qidiruvdan kelgan ariza qimmatroq, lekin sotuvga ancha yaxshi aylanadi.

Sozlash nimalardan iborat

Semantika yig'ish, minus-so'zlar («bepul», «vakansiya»), so'rov guruhlari uchun e'lonlar, har yo'nalishga alohida sahifa va konversiyalarni sozlash. Keyin — haftalik tozalash va byudjetni arzon ariza keltiradigan bog'lamalarga o'tkazish.

O'zbekistonda narxlar

Klik 0,1–1,5 dollar, raqobatli sohalarda qimmatroq. Test uchun oyiga 200–300 dollar reklama byudjeti, mutaxassis xizmati — oyiga 2–6 mln so'm.

Sayt yoki reklama kerakmi? Loyihangizni muhokama qilamiz.