Mazmunga o‘tish
← Barcha maqolalar
7 o'qish daqiqasi

Instagramda target: qanday ishlaydi va Toshkentda qancha turadi

Target — bu Instagramda tanlangan auditoriyaga pullik reklama ko'rsatish. Qanday ishlashini, narxini va qaysi xatolar byudjetni yeb qo'yishini tushuntiramiz.

Target qanday ishlaydi

Siz kimga ko'rsatishni tanlaysiz: shahar, yosh, qiziqishlar. Meta algoritmi reklamangizga munosabat bildirganlarga o'xshash odamlarni o'zi topadi.

Reklama ilovadagi «Reklama qilish» tugmasi orqali emas, Meta Ads kabineti orqali yuritiladi — tugma sozlamalari kam va byudjetni behuda sarflaydi.

Toshkentda target qancha turadi

Byudjet ikki qismdan iborat: reklamaning o'zi (Meta oladi) va mutaxassis ishi. Test uchun oyiga 100–150 dollardan, raqobatli sohalarda 300 dollardan reklama byudjeti kerak.

Targetolog yoki agentlik xizmati — oyiga 1,5–5 mln so'm: strategiya, kreativlar, sozlash, kunlik optimizatsiya va hisobotlar shunga kiradi.

Byudjetni yeb qo'yadigan xatolar

Juda keng yoki juda tor auditoriya, bitta kreativ bilan ishlash, trafikni bo'sh profilga yo'naltirish — eng ko'p uchraydigan uch xato.

Reklama odamlarni olib keladi, lekin arizaga aylantiradigan narsa — tayyor profil, lending yoki tez javob beradigan bot.

Sayt yoki reklama kerakmi? Loyihangizni muhokama qilamiz.